2 Oktyabr 2024 yil
316
Amaldagi islohotlar inson qadri uchun. Prezident topshirig‘i ijrosi: Denov tumani misolida...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun
kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy
moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori talablaridan kelib chiqib jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan nazorat
ostidagi shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb
etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda
o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish maqadida, joriy yilning 2 oktabr kuni
Denov tuman aholi bandligiga ko‘maklashish hamda kambag‘allikni qisqartirish markazi
binosida Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi inspektori
kapitan Q.G‘afurov, Surxondaryo viloyat kichik biznesga ko‘maklashish markazi
xodimi hamda Denov tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida
"Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda biznesni rivojlantirish" bo‘yicha
o‘quv seminar darsi tashkil etildi.
O‘quv seminarida hozirgi kunda Probatsiya guruhida
jazo muddatini o‘tab kelayotgan yoshlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish Prezidentimiz
tomonidan yaratilgan mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yo‘llari to‘g‘risida
uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan xuquqiy jihatdan amaliy
yoram ko‘rsatildi.
Tadbir
so‘ngida nazorat ostidagi yoshlarga tuman hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan
tanishtirilib, 2 nafariga o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalariga
ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.