7 Oktyabr 2024 yil 416

Amaldagi islohotlar- inson qadri uchun Prezident topshirig‘i ijrosi Termiz shahar misolida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablaridan kelib chiqib jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish lozimligi qayd etilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 7 oktabr kuni Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya nazorati ostidagi yoshlar bilan tadbirkor uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda MChJ rahbari yoshlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha suhbat olib borilib, ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari tanishtirildi.

Text to speech