Amaldagi islohotlar- Inson qadri uchun
Prezident Shavkat
Mirziyoev raisligida mahallalardagi "yettilik tizimi" faoliyatini yangi
yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan joriy yilning 26 sentabr
kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.
Unda mahallabay
ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgandi. Xususan, Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov hamda Sherobod
tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha viloyatdan biriktirilgan vakil
Usmon Alimov boshchiligida mahallalardagi haqiqiy holat o‘rganilib, mahallalardagi
“Beshlik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi va ular zimmasiga juda ko‘p vazifalar yuklatilganligi
bo‘yicha huquqiy tushunchalar hamda takliflar berildi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning vazifalari haqida
to‘xtalib o‘tildi. So‘ngra aholining murojaatlari va muammolari yuzasidan tashkiliy-huquqiy
masalalar yuzasidan qator topshiriqlar berildi.