24 Noyabr 2021 yil 575

Amaldagi islohotlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi "kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan, Denov tumani 1-son kasb-hunar maktabida ishsiz fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida, "Traktorchi-mashinist" va "Elektrogazpayvandchi" kasblari bo'yicha qisqa muddatli 3 oylik o'quv kurslarining o'qitish jarayonini o'rganish bo'yicha seminar tadbiri o'tkazildi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasining oila va mahallani qo'llab – quvvatlash vaziri R.Mamatov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i A.Ismoilov, viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig'i R.Salomova, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig'i Sh.Saidov, Denov tumani hokimligi hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Seminar davomida "Traktorchi – mashinist" va "Elektrogazpayvandchi" kasblari bo'yicha 3 oylik qisqa muddatli o'quv kurslarining bitiruvchilariga traktor haydovchilik guvohnomalari berildi.
Tadbir jarayonida kasb – hunar maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning kasbiy ko'nikmalari, kasbga qiziqishlari va kelajakdagi rejalari haqida suhbat o'tkazildi.

Text to speech