17 May 2023 yil 209

Ham sayohat, ham ziyorat

“Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ham “Kitobxonlik”, “Teatr, muzey va kino”, “Madaniy va ma’rifiy tadbirlar”, “Intellektual tadbirlar” hamda “Sport tadbirlari” bo‘yicha haftalik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Termiz tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan yaqinda Arxeologiya muzeyiga hamda Al-Hakim at-Termiziy maqbarasiga sayohat uyushtirildi. Dastlab muzeydagi qadimiy osori-atiqalar bilan tanishishgan xodimlar at-Termiziy maqbarasini ham ziyorat qilishib, buyuk hadisshunos olimning bosib o‘tgan hayot yo‘li va bizga qoldirgan ulkan merosi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi

Text to speech