“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga maxsus guvohnomalar topshirildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning ishtirokini kuchaytirish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunga qadar 700ga yaqin talabalar a'zolikka ro'yxatdan o'tgan bo'lib, saralash bosqichlarida 50 nafari tanlab olindi.
Bugun universitetda “Qalqon”
jamoatchilik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda
“Qalqon” jamoatchilik guruhi barcha a’zolariga maxsus guvohnomalar topshirildi.
Tantanali topshirish marosimida universitet rektori A. Absamatov so‘zga chiqib, talabalarni ushbu mas’uliyatli faoliyatni yanada samarali davom ettirishga, huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘rnak bo‘lishga chaqirdi.