25 Iyun 2023 yil 185

G‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekish uchun kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, band bo‘lmagan yoshlar va ishsiz aholiga yer maydonlari taqsimlab berilmoqda.

Hosildan bo‘shagan yer maydonlari peshma-pesh shudgorlanib takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga ajratib berilmoqda. Bu esa fuqarolarni  nafaqat ish bilan ta’minlashda balki ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda ham yaxshi imkon bo‘ladi.

Bugun Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Muzrabot tuman hokimi Abdurashid Ismailov hamda sektor rahbarlari boshchiligida tumanning "Yangiobod" hududidagi "Xudoyberganov Akbar" fermer xo‘jaligi yerlaridan 69 nafar, "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari", "Temir daftar"da turgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda band bo‘lmagan yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarining 15 gektari shudgorlanib, hosildor urug‘lari bilan birga 20 sotixdan ajratib berildi.

E’tiborlisi ekilgan urug‘lar pishib yetilgunga qadar suvlash, agrotexnik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullar biriktirilgan.

Text to speech