13 Avgust 2021 yil
444
Aliment to'lashdan bo'yin tovlab qochib yurgan shaxs qo'lga olindi
Termiz shahrida 2020 yil noyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Angor tumani "Gilambob" mahallasida yashovchi, M.Suyun 2021 yil 31 iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati