16 Dekabr 2020 yil 704

Aldov yo'li bilan firibgarlik qildi

Termiz shahrida 2020 yilning 2 dekabr kuni soat 11.00 da, Namangan shaharida yashovchi, A.Sh. Termiz shahar "Do'stlik" mahallasi hududida joylashgan "Kapitalbank" ATB ma'muriy binosi oldida, Termiz tumanida yashovchi, X.M. ismli ayolning bank kassasi oldida navbat kutib turganligini ko'rib, unga AQSh dollari ko'rinishidagi xalqaro valyutani so'm kupyurasiga almashtirib berishini aytib, X.M. ismli ayoldan 200 (ikki yuz) AQSh dollarini olib, unga 1.030.000 (bir million o'ttiz ming) so'm miqdoridagi pullarni sanashi uchun beradi va pullarni sanash bilan ovvora bo'lib, unga e'tibor qilmayotganidan foydalanib, ushbu joydan ketib qoladi.
X.M. ismli ayolning milliy valyutamizda 1.041.000 (bir million qirq bir ming) so'mni tashkil qiluvchi 100 (yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo'li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda fuqaro X.M. ismli ayol 2020 yilning 10 dekabr kuni Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. 15 dekabr kuni A.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinnig 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech