27 Aprel 2024 yil 263

QALBLARDA QO’SHIQ BO’LIB YASHAGAN SHOIR!

Joriy yilning 25-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “QALBLARDA QO’SHIQ BO’LIB YASHAGAN SHOIR!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o’quvchilarning musiqiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. Tadbir doirasida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir sherxonlik mushoiralari hamda shoir sherlariga bastalangan kuy va qo’shiqlar bilan yig’ilganlarni yanada ruhlantirdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Muhammad Yusuf ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi. Tadbir yakunida shoir ijodi va sheriyat bilimdonligi bo’yicha o’tkazilgan viktorina g’oliblari hamda faol ishtirok etgan 1-bosqich 6/23-guruh o’quvchilari litsey rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

Text to speech