28 Aprel 2021 yil
493
Akkumulyator o'g'risi uzoqqa bora olmadi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 27 mart kuni tumanning "Bobotog'" mahallasida yashovchi, S.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 24 mart kuni yashash uyi oldida turgan o'ziga tegishli bo'lgan "Vaz-2106" rusumli avtomashinasi salonidan narxi 200.000 (ikki yuz ming) so'mlik "Atlas" nomli akkumulyatorini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, X.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan, X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati