20 Mart 2021 yil 590

Akademik liyeyda Navro'z sayli o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida 21 mart - Narvo'z bayrami munosabati bilan bayram sayli o'tkazildi. Unda akademik lisey o'quvchilari tomonidan qadimdan meros bo'lib kelayotgan milliylikni aks ettiruvchi liboslar va qo'l mehnati orqali yaratilgan buyumlar ko'rgazmasi tashkil etilib, o'quvchilar tomonidan milliy laparlar, ashula va raqslar ijro etildi.
Akademik lisey o'quvchilaridan tashkil etilgan qo'l jangi sport to'garagi ishtirokchilarining chiqishlari saylga o'zgacha shukuh bag'ishladi.
Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilarga akademik lisey rahbariyatining faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech