25 Fevral 2023 yil 437

Akademik litsey o‘quvchilari bilan Jamoat Xafsizligi Institutining 1-bosqich kursantlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 2023-yilning 23-fevral kuni mazkur akademik litseyni 2022-yilda  tamomlab,  hozirda Jamoat Xafsizligi Institutining 1-bosqich kursantlari bilan Akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Jamoat Xafsizligi Instituti kursantlari tomonidan, litsey o‘quvchilariga Institutda kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik va o‘quv bazalari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida, Jamoat Xafsizligi Instituti kursantlari tomonidan, akademik litsey o‘quvchilariga, o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari hamda xorijiy tillarni mukammal egallashlari, Jamoat Xafsizligi Institutiga  o‘qishga  kirish istagida bo‘lgan  o‘quvchilarga imtixon jarayonlari bo‘yicha o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tishdi.

 Tadbir davomida, litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga,  kursantlar tomonidan javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech