Akademik liseyda huquqshunoslik fan olimpiadasi o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 6 fevralda "ichki ishlar vazirligining akademik liseylari o'quvchilari o'rtasida huquqshunoslik fan olimpiadasi va Jaloliddin Manguberdi avlodlari spartakiada musobaqasini tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida IIV Surxondaryo akademik liseyi 2-3 bosqich o'quvchilari o'rtasida ham 22-27 fevral kunlari huquqshunoslik fani bo'yicha Olimpiada o'tkazildi.
Olimpiada musobaqalarining birinchi turi yozma ish shaklida bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining moddalariga sharh berish, huquqiy atamani izohlash va vaziyatga huquqiy baho berish kabi yo'nalishlar bo'yicha ishtirokchi o'quvchilarning bilimi sinovdan o'tkazildi.
Ikkinchi turda huquqshunoslikka oid kasbiy fanlar bo'yicha 50 ta test savoli berildi.
Fan olimpiadasining akademik lisey bosqichida I,II,III o'rinni egallagan o'quvchilar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi hamda I o'rinni qo'lga kiritgan o'quvchi shu yilning mart oyida IIV Akademiyasida bo'lib o'tadigan respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati