14 May 2021 yil 541

Akademik lisey o'quvchilari viloyat IIBga sayohat qilishdi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Buning yorqin misoli o'laroq Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2021 yil "yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini tiklash" yili deb e'lon qilinibgina qolmasdan, yosh avlodni munosib tarbiyalash, ularga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bo'yicha joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim chora-tadbirlar ham belgilandi.
Shu munosabat viloyat ichki ishlar boshqarmasida yosh avlodni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 12 may kuni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik liseyi 1-bosqich o'quvchilarining viloyat ichki ishlar boshqarmasiga sayohati tashkil etildi.
Ushbu jarayonda ta'lim muassasasi o'quvchi yoshlari boshqarmaning bir qator sohaviy xizmatlari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Bu kabi sayohatlar yoshlarning sohaga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasizdir.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech