16 May 2023 yil 281

Akademiya kursantlari amaliyot yakunlari bo‘yicha baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil  30 sentabrdagi 312-sonli «Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida 2023-yilning 06-fevral kunidan 2023-yilning 11-may kuniga qadar IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim   3-bosqich “Tergov faoliyati” yo‘lanilishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlar Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida ish o‘rganish amaliyotini o‘tashdi.

Amaliyot davomida kursantlar Tergov organlarida 5 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelayotgan malakali murabbiylarga biriktirilib, ularga ish o‘rganish bo‘yicha tegishli malakalar berilishi ta’minlandi.

Joriy yilning 11 may kuni viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan kursantlarning ish o‘rganish amaliyoti yakunlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi hamda baholandi.

 

Text to speech