31 Oktyabr 2024 yil 592

Haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olishga shoshilmang!

Sho‘rchi tumani, “Oq kamar” mahallasida yashovchi Abdulla Shamanov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Sovjiron” mahallasida yashovchi Maftuna Tolipova unga “B,S” toifali haydovchilik guvohnomasini hech qanday imtihonlarsiz tanishlari orqali olib berish evaziga 400 AQSh dollari va 1 mln 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni talab qilganligini ma’lum qiladi.

Shundan so‘ng, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Sho‘rchi tumani bo‘limi va viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.Tolipova A. Shamanovdan  400 AQSh dollari va 1 mln 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni Sho‘rchi tumani “Sovjiron” mahallasida joylashgan ichki ko‘chada olgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Nurullo NORQOBILOV,

IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi, mayor

Text to speech