Afv etilgan shaxslarning muammolari manzilli o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 4 dekabr kunidagi PF202-sonli farmoniga asosan avf etilgan
Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
guruhi hisobiga olingan nazorat ostidagi shaxslar bilan Sherobod tuman prokurori
va tuman IIB boshlig‘i ularning yashash manzillariga borib oilaviy sharoitlarini
manzilli o‘rganishdi.
O‘rganish davomida
sektor rahbarlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga davlatimiz tomonidan berilayotgan
imkoniyatlar, kechirimlilik, insonparvarlik siyosatining qadriga yetish, berilgan
imkoniyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari lozimligi tushuntirildi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni ijtimoiy
hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini
yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha
hamkor tashkilotlar va sektor rahbarlari tomonidan aniqlangan muammolarini bartaraf
etish choralari ko‘rilmoqda.