24 May 2022 yil 355

Afv etilganlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, 65 nafar fuqarolarga ham kechirimlilik prinsipi qo‘llanilgan edi. Shulardan 7 nafari Surxondaryolik.
Viloyat hokimligida viloyat rahbari va IIB boshlig‘i probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida ularni jamiyatga moslashtirish, foydali mehnat bilan band qilish choralari ko‘rildi.
Aytish kerakki, viloyat IIB xodimlari tomonidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganlarning ijtimoiylashuvini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Mas’ullar afv etilganlarning yashash xonadoniga borib, turmush tarzini o‘rganib, profilaktik suhbatlar o‘tkazishmoqda. Joylardagi tibbiyot birlashmalarida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, zaruriy tibbiy yordamlar ko‘rsatilayapti. Albatta bu g‘amxo‘rlik va e’tibor oilalarning tugalligi fuqarolarning yurt taqdiri va ravnaqiga nisbatan daxldorligining oshishi xalqning roziligiga sabab bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech