12 Aprel 2024 yil
509
Afv- bag‘rikenglik ifodasi
2024 yil 8 aprel kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini
o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy
o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi 61-sonli Farmoniga asosan Uzun
tumanida yashovchilar Karimov Karimjon, Baratov Toyir, Shukurov Umarjon, Xasanov
Olimjon hamda Irmatov Sirojiddinlar jazoni ijro etish muassasasidan oilasi bag‘riga
keldi.
Uzun tumani IIB Jamaot
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan ushbu jazoni ijro etish muassasasidan
ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy, tibbiy va psixologik
yordamlar ko‘rsatish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar olib borildi.