21 Mart 2024 yil 564

Afg‘oniston delegatsiyasining Surxondaryoga tashrifi amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2024 yil 15 martdagi 160-F-36-son farmoyishiga asosan, Afg‘oniston Haj va vaqf ishlari vaziri Mavlaviy Nur Muhammad Saqib boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Dastlab, O‘zbekiston Musulmonlar idorasida, Toshkent Islom Instituti, “Hazrati Imom” majmuasi, “Usmon Mus’hafi” va Islom sivilizatsiyasi markazlarida hamda Samarqanda shahridagi Imom Buxoriy xalqaro markazi va Hadis ilmi maktablarida uchrashuvlar o‘tkazildi.       

Shuningdek, hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.    

Tashrif davomida, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Imom Termiziy yodgorligida ziyorat qilib, u yerda mangu qo‘nim topgan avliyolar haqqiga Qur’on tilovat qilishdi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolarining xavfsizligi ta’minlanib, Ayritom chegara nazorati punkti orqali kuzatib yuborildi.

Text to speech