8 Mart 2025 yil 1241

Ayolni ulug‘lagan yurtning kelajagi porloq bo‘ladi.

8-mart-"Xalqaro xotin-qizlar"  kuni munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida "Mehr, muhabbat timsoli—ayol" shiori ostida bayram tadbiri hamda qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tadbirni litsey direktori, podpolkovnik Baxtiyor Bo‘riyev ishtirok etib, Ichki ishlar vaziri tomonidan yo‘llangan bayram tabrigini barchaga o‘qib eshittirdi.

Bayram tadbiri davomida  o‘quvchi qizlar 7 ta shart bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linib “To‘maris izdoshlari” va “Kelajak malikalari” o‘zaro bellashishdi.

Tadbir davomida jamoa a’zolari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, she’r qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib bo‘lgan “To‘maris izdoshlari" jamoasi hamda tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, barcha ayol ustozlar va xodimalar ham akademik litsey rahbariyati tomonidan  bayram sovg‘alari ulashildi.

Text to speech