7 Aprel 2022 yil
422
Ayollari qadrlangan yurtda taraqqiyot bo‘ladi
Joriy yilning 6 aprel kuni "Katta bog‘" mahallasidagi Yoshlar markazida 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Shukurov, tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Boymurodova, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimi E.Sultonovlar ishtirokida 3-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xoti-qizlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan muloqotda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotgani haqida so‘z yuritildi.