15 Iyul 2022 yil 384

Xotin-qizlar salomatligini saqlash yo‘lida...

Surxondaryo viloyati IIB Davolash profilaktika muassasasi Tibiyot bo‘limida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida dispanserizatsiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini  ta’minlash maqsadida, muassasaga biriktirilgan idoralar va ichki ishlar organlari xodimlari orasida ko‘plab uchrayotgan kasalliklar yurak qon-tomir, endokren, siydik tizimi, nafas olish tizimi va oshqozon ichak tizimi kasalliklarni ilk davrida aniqlash va sog‘lomlashtirish borasida xodimlarni to‘liq labarator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilib, mutaxasis shifokorlar tomonidan tashxislash ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 25 aprel kunida “Viloyat Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosida “Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu “Yo‘l Xarita” bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida, IIOlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar, xodimlarning oila a’zolari va farzandlarini  profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda skrining tekshiruvlardan o‘tkazish amaliyoti joriy  etilgan.

Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati IIB Davolash profilaktika muassasasi Tibiyot bo‘limida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan Onkolog, Okulist, Genekolog, UTT kabi mutaxassis shifokorlari jalb etilgan holda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida, mutaxassis shifokorlar tomonidan ayollarda uchraydigan kasalliklar va ushbu kasalliklarni davolash yo‘llari haqida davra suhbati ham tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech