25 Aprel 2022 yil
431
Ayollar muammolari o‘rganilib, ularga ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi, Sho‘rchi tuman IIB JXX HPB, Sho‘rchi tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning dastlabki choragida Surxondaryo viloyatiga Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 3 nafar ayollarning sog‘lom turmush tarziga o‘tishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda ko‘maklashish maqsadida yashash sharoiti, muammolari o‘rganildi. Ularga moddiy yordam ko‘rsatildi. Qiziqishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Sho‘rchi tumani 3-sektor hududida joylashgan "Maftuna Sho‘rchi" MCHJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Tuman IIB sektori tashabbusi bilan "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ga kiritilgan ishsiz, ehtiyojmand oiladagi ayollarning 15 nafari tikuvchilik yo‘nalishida kasb hunarga o‘rgatilib, hozirda MCHJda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab kelmoqda.