13 Mart 2021 yil
560
Achchiq ustida o'zini idora qilaolmadi, natijada...
Sariosiyo tumanida, 2021 yilning 12 fevral kuni taxminan soat 17:20 lar chamasida, tumanning "Bog'iston" mahallasida yashovchi, A.T. tumanning "Bog'ishirin" mahallasida yashovchi, S.S.ni mahallasi hududida, ilgari A.T.ning opasini S.S. haqorat qilganligi uchun o'zaro janjallashib qolishadi, natijada A.T. S.S.ga qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 8 mart kuni A.T.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati