Hamkorlikning yangi bosqichi
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo akademik litseyiga yoshlarning Xorijiy tillarni o’rganishida yanada samarali usullaridan foydalanish maqsadida ,Termiz Davlat Universitetida ‘Fullbright’ xalqaro dasturi asosida Xorijiy tillar kafedrasida faoliyat yuritayotgan o’qituvchi iqtisodiy -geografiya fan doktori Kristofer Koven vaTermiz Davlat Universiteti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi N.Madalovlar ingliz tilida tayorlangan ‘Welcome to our English party’badiiy-ijodiy tadbiriga tashrif buyurishdi.Ushbu tadbirda Surxondaryo akademik litseyi o’quvchilari tili o’rganalayotgan mamlakat haqida ma’lumotlarni taqdimot qilib ,ingliz tilida gapirib berishdi.O’quvchilar ingliz tilida she’rlar va qo’shiqlar kuylab tadbir ishtirokchilarida yaxshi ta’assurot uyg’otishdi.Ayniqsa ,o’quvchilar ijrosida sahnalashtirilgan Izop asarlari va hajviy chiqishlar mehmonlarga xush kayfiyat bag’ishladi. Tadbir so’ngida Kristofer Koven bilan o’quvchilar o’rtasida savol –javob o’tkazildi,o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarni mehmonga berib, jonli muloqot o’tkazishdi.