9-son tergov hibsxonasi xodimlari bilan “Diqqat piyoda!” tadbiri doirasida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish
departamenti 4-mintaqaviy hudud 9-son tergov hibsxonasi xodimlari bilan Respublikamiz
miqyosida joriy yilning 17 oktabr kunidan 17 noyabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan
“Diqqat piyoda!” tadbiri doirasida Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati
xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xodimlari ishtirokida “Yo‘llarda farzandlarimizni
asraylik!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda hibsxona xodimlariga yo‘llarda harakatlanayotganda
yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarining
oldini olish, harakat ishtirokchilarining belgilangan qoidalarga amal qilishlari,
farzandlarimizga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini doimiy tushuntirib,
o‘rgatib borishimiz hamda yo‘l harakati bilan bog‘liq salbiy holatlar xodimlar e’tiboriga
yetkazildi.
Shuningdek
uchrashuv davomida, ayanchli oqibatlar bilan yakun topgan yo‘l transport hodisalari
aks etgan video rolik namoyish etilib, yo‘l transport hodisasiga asosiy sabab bo‘lgan
omillar muhokama qilindi.