10 May 2023 yil
327
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tibbiyot xodimlari faxriylar xolidan xabar olishdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi farmoyishlari ijrosini ta’minlash maksadida, Surxondaryo viloyati IIB Davolash profilaktika markazi Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi mutaxassis shifokorlari tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ichki ishlar organlarida xizmat qilib hozirgi kunda nafaqada bo‘lib nogironligi sababli uyda yotib qolgan faxriylarning xolidan xabar olinib, ularga tibbiy maslahatlar berilib, dori-darmonlar tarqatildi.