9 May 2022 yil 238

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriylari holidan xabar olindi

9 may Xotira va qadarlash kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov boshchiligida Ichki ishlar boshqarmasining mas’ullari, Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan mehnat Faxriylari hamda xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan marhum xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Xonadon sohiblari bilan qilingan dildan suhbati asnosida, boshqarma boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi.
Shuningdek, bayram bahonasida xabar olingan xonadon sohiblarining muammo va takliflari boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech