9-may Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan viloyat IIB tergov boshqarmasi faxriylari e’zozlandi.
9-may “Xotira va qadrlash”
kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi
Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov sohasida uzoq yillar davomida xizmat
qilgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan iste’fodagi podpolkovnik Muzaffarov Avaz Islametdinovichning
holidan xabar olindi.
Ustoz Avaz Muzaffarov bilan dildan suhbat olib borildi. Ustoz shogirdlarining tashrifidan ko‘ngli shod bo‘lib,
o‘z davridagi xizmat faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Shundan so‘ng tergov organlarida namunali xizmat qilib, xizmat vaqtida vafot etgan marhum podpolkovnik Xolmo‘minov Bobomurot Qulmahmatovichning yashash xonadoniga borilib, oila a’zolari holidan xabar olinib, bayram munosabati bilan sovg‘a salomlar ulashildi. Marhum Bobomurod Xolmo‘minovning vatan oldida olib borgan fidokorona xizmat yo‘li yana bir bor yodga olindi.