9 May 2024 yil 673

9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar-tuman IIBlari tomonidan faxriylar va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 29 aprel kunidagi 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” to‘g‘risidagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIBning barcha sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIBlarining mas’ul xodimlari bilan ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan mehnat faxriylari, nuroniylar, xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning xonadonlariga borib, ularning oila a’zolari holidan xabar olindi.  

Xonadon sohiblari bilan dildan suhbatlar qurildi. Sana munosabati bilanboshqarma boshlig‘ining bayram sovg‘alari ulashildi. Bu kaba ezgulikka yo‘g‘rilgan hayrli ishlar Ichki ishlar organlari tomonidan davom etmoqda.

Text to speech