9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil
29 aprel kunidagi “9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish
va uni o‘tkazish” to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida,
joriy yilning 4 may kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.F.Shadiev boshchiligida Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat
olib borgan mehnat faxriylarining holidan xabar olindi.
Xonadon sohiblari bilan dildan qilingan suhbat asnosida, boshqarma
boshlig‘ining bayram sovg‘alari hamda iste’fodagi general-polkovnik Zokirjon Almatovning
qalamiga mansub “Unutilmas xotiralarim” hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Faxriylar
faxrimiz” nomli kitoblari ulashildi.
Shuningdek, boshqarma rahbariyati tomonidan, Ichki ishlar idoralari
mehnat faxriysi iste’fodagi mayor Abduhakim Navro‘zovning 60 yillik yubileyi munosabati
bilan Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari ulashildi.
Ushbu bayram bahonasida xabar
olingan xonadon sohiblarining muammo va takliflari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.