6 Mart 2023 yil 198

“8-mart xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami  munosabati bilan ayol xodimalari sportda o‘zaro bellashdilar.

Joriy yilning 3-4 mart  kunlari Surxondaryo viloyati  “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati huquqni muhafaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayol xodimalar ishtirokida sportning “Voleybol”, “Armrestling”, “Stol tennisi”, ”Shashka”   turlari bo‘yicha viloyat spartakiadasi o‘tkazildi.

Musobaqalar murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida  xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati,  Bojxona boshqarmasi, Termiz xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash alohida bataloni, Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi,  Ichki ishlar xodimlaridan iborat jami 8ta  terma jamoa vakillari o‘zaro kuch sinashishdi.

Shaxsiy birinchiliklar bo‘yicha sportning “Shashka” turida viloyat IIB tibbiyot bo‘limi jamoasi 1 va 2 o‘rinni, viloyat IIB “To‘maris”jamoasi uchinchi o‘rinni egallashdi.

Sportning “Armrestling” turida viloyat  transportda xavsizlikni ta’minlash boshqarmasi jamoasi 1-o‘rinni, viloyat IIB “To‘maris”jamoasi 2-o‘rinni, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi 3-o‘rinni egallashdi.

 “Stol tennisi” turida viloyat  jamoasi 1-o‘rinni, viloyat IIB “To‘maris”jamoasi 2-o‘rinni, viloyat IIB jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida viloyat IIB terma  jamoasi birinchi o‘rinni, viloyat IIB “To‘maris” jamoasi  ikkinchi o‘rinni, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi jamoasi uchinchi o‘rinni egallashdilar.

Musobaqa yakuni bilan g‘olib jamoalar va sportchilarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari va “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining diplomlari topshirildi.

Shuningdek ushbu musobaqani tashkillashtirishda va yoshlar o‘rtasida sportning mazkur turini rivojalantirishgan qo‘shgan ulkan hissalari uchun hakamlar brigadasi va tashkilotchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech