5 Mart 2024 yil 795

8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari ayol xodimalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan  2024 yilning 5 mart kuni Surxondaryo viloyat IIBning sport majmuasida 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan ayol xodimalar o‘rtasida viloyat “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi “Kubogi”  musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida  xizmat o‘tayotgan Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Bojxona boshqarmasi xodimalaridan iborat 4 ta terma jamoada jami 32 nafar sportchilar ishtirok etishdi.

Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni viloyat IIBning “To‘maris” terma jamoasi, 2 o‘rinni viloyat IIBning “Yoshlar” terma jamoasi, 3 o‘rinni viloyat Bojxona boshqarmasi terma jamoasi sportchilari qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jangi”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” sport to‘garaklarida hozirgi kunda jami 515 nafar o‘smirlar  muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.

Text to speech