6 Dekabr 2023 yil 629

8-dekabr “Konstitutsiya kuni”ga bag‘ishlangan ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “San’at saroyi” binosi hovlisida “Konstitutsiya ko‘chasi” deb nomlangan ramziy yo‘lakcha tashkil etildi.

Unda, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘zlarining faoliyatlari haqida ko‘rgazmali chiqishlar qilib, avtotransport va texnik vositalari bilan ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan tadbir davomida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli ma’lumotlar olishdi.

Text to speech