66 nafar shaxsga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi
Konstitutsiya huquq va erkinliklarimizni kafolatlovchi
asosiy qonunimiz sanaladi. Vaholanki, biz ana shu qonundagi huquqlarimiz orqali
kishilik jamiyatida ozod va erkin bo‘lib yashaymiz, mehnat qilamiz. Bugun ushbu
qonun hujjatining — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga
31 yil to‘ldi. Ushbu sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va
fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan vohada istiqomat qilib kelayotgan
2007 yil 8 dekabr kuni tug‘ilgan 66 nafar shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining
identifikatsiya ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Xususan, Denov tumanida ham tuman hokimi I.Abrorov
va tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovlar ishtirokida bugun 16 yoshga to‘lgan bir
guruh yoshlarga ID-kartalar topshirildi. Tadbir davomida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada
davlat tomonidan yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida
faol ishtiroki rag‘batlantirilishi kafolatlab qo‘yilgani alohida ta’kidlandi. Asosiy
qonunimizning alohida bobi – XIV bob “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan va
unda yoshlarga oid qator normalar o‘rin olgan. Bunday yangicha yondashuv, shubhasiz,
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligidan yaqqol dalolatdir.