19 Sentyabr 2020 yil 841

52 nafar xodim "mehr-sahovat" ko'krak nishoniga munosib Ko'rildi

Tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda, jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi, shuningdek, favqulodda holatlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashib, oqibatlarini bartaraf etishda ichki ishlar organlari xodimlari mardlik va jasorat namunasini ko'rsatib kelmoqda.
Pandemiya sharoitida ichki ishlar organlari xodimlari huquqbuzarliklar bilan birga jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, pinhona sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda faollik ko'rsatib, el ishonchiga sazovor bo'ldi. Bundan tashqari, xodimlarimiz yurtimizda global pandemiya, favqulodda holatlarda do'stlik va totuvlikni ta'minlab, mehr-oqibatni targ'ib etishda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Ushbu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari pandemiya davrida ma'naviy ko'makka, moddiy yordamga muhtoj, chorasiz odamlarga ko'maklashish, yiqilganni suyash kabi xalqimizning azaliy qadriyatlaridan kelib chiqib "mehr-sahovat" umumxalq harakati tadbirida ham tunu kun xizmatda bo'lishdi. Zero, sahovatpeshalik bilan qanchadan qancha kemtik ko'ngillar mehrga to'lib, e'tibordan chetda qolgan manzillar obod va ko'rkam makonga aylangani haqiqat.
Shu bois mamlakatimizda karantin tadbirlari boshlangandan buyon ichki ishlar organlari xodimlari yolg'iz, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalardan mehr-muruvvatini darig'tutmadi. Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari viloyatda istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarga mehr-saxovat tadbiri doirasida 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berishdi. Bu boradagi ishlarimiz hali davom etmoqda.
Albatta, xizmat qilgan elda aziz, deganlaridek, ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va mas'uliyatli xizmati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida huquqbuzarliklar, jinoyatchilikni barvaqt aniqlab oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash tadbirlarida faol ishtirok etgani uchun Prezidentimizning 2020 yil 26 may kunidagi PF-5999-sonli farmoniga asosan ta'sis etilgan "mehr-sahovat" ko'krak nishoni bilan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari taqdirlandi. Ular orasida 52 nafar Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham bor.
Viloyat IIB boshqarmasida bo'lib o'tgan tantanali marosimda viloyat IIB boshlig'i A.Ismoilov barcha taqdirlangan IIB xodimlarini tabriklab, ko'krak-nishonlarini topshirdi.
Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech