12 Oktyabr 2022 yil
582
30 nafar nazoratdagi shaxs muddatidan oldin ozod etildi
Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R.Ro‘ziev boshchiligidagi ishchi guruh Denov tumani IIB JXX Probatsiya guruhining ish faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida JIB Denov sudi bilan hamkorlikda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 65 nafar nazoratdagi shaxslar uchun sayyor sud ham tashkil etildi. Unda 30 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari mudatidan oldin shartli ravishda ozod etilib, 4 nafar jazodan bo‘yin tovlab kelgan shaxsning amaldagi jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Shuningdek, nazoratdagi shaxslarning muammolari o‘rganilib, huquqiy yordam berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati