27 Aprel 2021 yil 613

3-sektor: yig'ilishda ijtimoiy iqtisodiy masalalar Ko'rildi

Angor tumani hokimligi majlislar zalida Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Ismoilov Abduvohid Salomovich ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda tuman sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig'ini raislari hamda profilaktika inspektorlari qatnashdi. Yig'ilishda tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarining amalga oshirilishi borasi olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni "mahallabay", "fuqarobay", "xavfsiz xonadon", "xavfsiz xovli" tizimi asosida tashkil etib, jinoyatchilikning oldini olish, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha to'xtalib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech