Qumqo'rg'on tumani 3-sektor xududida yoshlar va ayollarni har tomonlama qo'llab quvvatlash, aholining farovon yashashiga ko'maklashish, ularning muammolarni hal etish maqsadida, Qumqo'rg'on tumani "Sherozi" mahallasida joylashgan Pedagogika kollejida "yoshlar va ayollar daftari" bo'yicha sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Unda tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari N.N.Narzullaev, Agro bank ATB boshqaruv raisi A.Ergashev va tuman xokimning 1-o'rinbosari M.Qultaev xamda DXX Qumqo'rg'on tumani bo'lim boshlig'i o'rinbosari hamda 3-sektor hududiga qarashli 12 ta mahalla yoshlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda yoshlar va ayollardan 64 ta murojaat kelib tushgan bo'lsa, shulardan 46 ta imtiyozli kredit olish, 5 ta qishloq xo'jaligi sohasi , 3 ta sog'liqni tiklash, 3 ta ishga joylashish, 3 ta kadastr yo'nalishida, 2 ta moddiy yordam bo'yicha hamda 2 ta Elektroset yo'nalishlarida bo'ldi.
Xalqning muammolariga echim izlayotgan va ijobiy hal qilayotgan tashabbuskor rahbarlarga murojaatchilar tomonidan minnatdorchiliklar bildirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati