18 Iyun 2020 yil 662

3 - sektor rahbarlari ishtirokida video selektor tarzidagi o'quv seminari tashkil etildi

2020 yilning 17 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sektor hududlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzini yaxshilash, kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa bir qator topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadiga qaratilgan video selektor tarzidagi o'quv seminari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o'quv seminariga Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o'rinbosari R.Pardaev ishtirok etib, Surxondaryo viloyati hududidagi 3 - sektor rahbarlari va ishchi guruhi a'zolari oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar haqida to'liq tushunchalar berildi.
Seminarda, kam daromadli aholini daromadi yuqori bo'lgan ish bilan ta'minlash, oilaviy va mustaqil tadbirkorlikni yo'lga qo'yish, ishsizlar va kambag'allikni keskin kamaytirish, korporativ tadbirkorlikni tashkil etish, bo'sh ish o'rinlarini yaratish va boshqa bir qator masalalar bo'yicha, mutaxassis o'z tajribasi asosida fikr mulohazalarini o'rtoqlashdi.
Video selektor tarzida o'tkazilgan o'quv seminarida shahar-tuman studiyalaridan qatnashgan 3 sektor hududi rahbarlari hamda ishchi guruhi a'zolari tomonidan berilgan savol va takliflar o'rganilib, qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech