3-sektor rahbari tomonidan probatsiya nazorati ostidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida, probatsiya
nazorati ostidagi shaxslarga ularning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari,
ularni tadbirkorlikka jalb qilinish hamda jazo o‘tash tartibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida
yetkazildi.
Bundan tashqari qonunda belgilangan
tartibda hamkor tashkilotlarning probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan olib
borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari qonunda aniq belgilab berilganligi yig‘ilish
ishtirokchilariga tushuntirilib, ularning ijtimoiy moslashish doirasida berilgan
savollariga soha vakillari tomonidan kerakli tushunchalar berildi.
Probatsiya to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha targ‘ibot
o‘tkazilib, probatsiya nazorati ostidagi shaxslar o‘rtasida kelgusida jamiyatda
o‘z o‘rinlarini topishdagi asosiy ustun bo‘lishi yig‘ilish davomida ta’kidlandi.