27 Sentyabr 2025 yil 123

27 sentabr-“Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan Termiz Davlat Universitetida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Kuni kecha Termiz Davlat Universiteti iqtisodiyot va turizm fakultetida 27 sentabr- “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan uchrashuv davomida, turizm sohasini rivojlantirish va tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida hamkorlikda amalaga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi. Shuningdek, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan sayyohlar xavfsizligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida tanishtirilib, qiziqtirgan savollar bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech