26 Iyun 2023 yil 273

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan

BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyusiyasiga binoan har yili 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni (International Day against Drug Abuse and Illicit Trafficking) sifatida nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘tkir Shukurov sektor hududidagi “Nurtepa” mahallasida joylashgan tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi binosida giyohvandlik “asr vabosi” haqida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari hamda fuqarolar qatnashdi. Yig‘ilishda unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashish. Chunki bugun ayni shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga raxna solayotgani sir emasligi, shuningdek bugungi kunda psixatrop dori vositalariga qarshi kurashish borasida so‘z yuritildi.

Text to speech