24 Oktyabr 2022 yil 456

25 oktabr–Ichki ishlar organlari xodimlari kuni Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyati IIB shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining yangi binosini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligining 18 milliard 523 million so‘m budjetdan tashqari mablag‘i evaziga bunyod etilgan to‘rt qavatli binoning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov, tuman hokimi A.Allamurodov, tuman IIB boshli-i polkovnik I.Yusupov va boshqalar so‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlarini xalqimizning ishonchli suyanchig‘iga aylantirish va xodimlarning nufuzini oshirib, o‘z vazifalarini samarali bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. Tizim xodimlariga munosib mehnat sharoiti yaratish va ularning oila a’zolarini ijtimoiy – iqtisodiy qo‘llab quvvatlash yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning ahamiyati haqida fikr yuritdi.

Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining yangi binosida osoyishtaligimiz posbonlarining xizmat burchlarini sharaf bilan ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. To‘rt qavatli muhtasham binoda sport zal, kutubxona, tergov xonalari, advokatlar uchun xonalar, sayyor sudlarni o‘tkazish uchun sud zali barpo etilib, jihozlangan. Tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda boshqa bo‘limlar ham uchun keng, yorug‘ barcha qulayliklarga ega xonalar ajratilgan.

Tantanali marosimda samarali xizmati uchun bir guruh ichki ishlar organi xodimlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Viloyat IIB shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik I.Yusupovga yangi binoning ramziy kaliti topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari yangi bino va bu yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida, 25-oktyabar- Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tuman IIB xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining kompyuter jamlanmalari, pul mukofotlari, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i hamda tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech