“25- oktabr- Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami oldidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB binosi joriy ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi
Mana o‘ttiz bir yildirki mamlaktimizda “25- oktabr- Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” sifatida munosib nishonlanadi.
Sana oldidan Respublikamiz bo‘ylab juda ko‘p Ichki ishlar organlarining ma’muriy binolari barpo etilib foydalanishga topshirilmoqda. Masalan 1972 yilda qurilgan Qumqo‘rg‘on tuman ichki ishlar bo‘limi binosi uzoq yillar davomida kapital ta’mirga muhtoz edi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan ajratilgan 2 mlyard so‘m mablag‘ evaziga bino kapital ta’mirdan chiqarildi. Uning foydalanishga topshirilishi esa bayramona ko‘rinish kasb etdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning mutlaqo yangi, – “jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati”-deb, nomlangan tizim yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ichki ishlar organlarini xalqchil davlat idorasiga aylantirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari mamlakatimizda sharafli va ayni paytda mas’uliyatli kasbning nufuzini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Misol uchun bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini tizimdagi har bir xodim yoki uning oila a’zolari his etmoqda. Qolaversa, ichki ishlar organlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarga munosib xizmat sharoitlarini yaratishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Uning amaldagi ifodasi mazkur tadbir misolida namoyon bo‘lmoqda. Unda ishtirok etgan Qumqo‘rg‘on tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, viloyat IIB boshlig‘i tizimdagi yangilanishlar xususida to‘xtalib yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari oldidan xodimlarni muborakbod etdi.
Shundan so‘ng faoliyati davomida namuna ko‘rsatgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari va ishchi xizmatchilar viloyat IIB hamda tuman hokimligi tomonidan munosib tarzda rag‘batlantirildi.
Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi endilikda, yangi binoda xizmat olib borishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu esa albatta ish samaradorligida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.