7 May 2020 yil 1267

2020 yil 3 may kuni ijtimoiy tarmoqlar va You Tube ning Baxodir brat kanalida "Surxondaryoda parda mashmashasi" nomli lavhasiga M U N O S A B A T

O'zbekiston Respublikasiga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining shu kungacha bir qancha bayonlari joriy etilib, DYHXX hodimlariga ham vazifalar Yuklandi. Jumladan fuqarolarni karantin qoidalariga amal qilmay o'zlari va o'zgalarning hayotiga xavf solmasliklari, besabab, zarurat bo'lmaganda uylaridan chiqmasliklari, jamoa bo'lib to'planib turmasliklari kabi bir qancha vaqtinchalik cheklovlarni ijrosini ta'minlash maqsadidi Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tun-u kun xizmat olib borishmoqdalar. Xizmat jarayonida fuqarolar tomonidan yuqoridagilarga amal qilmay, cheklovlarga bepisandlik bilan ko'cha ko'ylarda harakatlanib yurganliklari ham uchramoqda. Hattoki transport vositalartni yon oynalarini qoraytirganliklaridan foydalanib, yoki qoplama va pardalar o'rnatib yo'lovchi tashib yurganliklariga ham guvoh bo'lyapmiz.
2020 yil 30 aprel kuni soat taxminan 9:30 lar chamasi Qumqo'rg'on tumani Oqsoy mahallasi hududidan kesib o'tuvchi M41 yo'lining 1540 kmda xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati IIB YHXB 2-safarbar guruh inspektori serjant Turopov Ilhom Spark rusumli 01 A 343 WA D.r.b avtomashinani yon oynalariga qora parda o'rnatilganligi tufayli avtomashina salonida yo'lovchi bor yoki yo'qligini aniqlash maqsadida haydovchiga qonuniy to'xta ishorasini ko'rsatganida, haydovchi bo'ysunmay harakatlanib ketadi. Inspektor o'ziga biriktirilgan xizmat mashinada avtomashinani orqasidan kuzatib boradi va to'xtab turgan vaqtida haydovchini yoniga borib o'zini tanishtirib qoidabuzarligini tushuntirib, avtomashina yon oynalaridagi qora parda harakatlanayotgan vaqtida mashina salonini qo'rishni cheklayotganini tushuntirib, haydovchiga ushbu holatni bartaraf etib, pardalarni vaqtincha olib qo'yishini tushuntirganida, haydovchi inspektorga nisbatan nosamimiy munosabatda bo'lib, YPX inspektorining taklifiga rozi bo'lmaydi.
Shu payt haydovchi Alisher ismli shaxs o'ziga tegishli bo'lgan telefonda inspektorni tasvirga tushira boshlaydi. Holat yuzasidan serjant I. Turopov shu kunning o'zida Qumqo'rg'on tumani IIO FMB boshlig'i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Surushtiruvlarga ko'ra ispektor haydovchiga nibatan hech qanday ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmagani, faqat pardalardan vaqtincha foydalanmasligini aytgani aniqlandi. (bu holat tasvirda qo'rsatilgan). Shu o'rinda fuqarolarimizdan bugungi kunda butun dunyoni tashvishga solayotgan infeksiyani tarqalib ketishini oldini olishda, inson hayoti va uning xavfsizligini himoya qilishdagi barcha harakatlar siz azizlarning salomatligingiz, oilangizning tinchligi yo'lida ekanligini, bu sharafli va zahmatli vazifani bajarayotgan fidoyi o'g'lonlarni ruhan qo'llab quvvatlash o'rniga uni, Vatanimizni imijiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan harakatlar qilmasliklarini iltimos qilamiz.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Text to speech