20 Iyun 2020 yil 699

2020 yil 18 iyun kuni Telegram messenjerining "Sizdan telegram" kanalida e'lon qilingan "Surxondaryo – "GAI"ga kelgan fuqarolar soatlab kutmoqda. Bahona – xodimlar g'alla o'rimida!"nomli maqolaga M U N O S A B A T

2020 yil 18 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan yuqoridagi holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan Angor tumani IIB YHXG ma'muriy materiallarni ko'rib chiqish bo'yicha inspektori serjant Elmurodov Husniddin Tojimuradovning xizmat joyiga borib o'rganilganida hodim xizmat joyida va fuqarolarni xizmat xonasida qabul qilayotgani aniqlandi. Shuni aytish joizki, tumanlarda xizmat olib borayotgan ma'muriy amaliyot xodimlariga ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqish uchun fuqarolarni xizmat xonasida qabul qilish, ma'muriy sudlarga oid xujjatlarni sudga yuborish, shuningdek tuman hududida sodir etilgan Ytxlar yuzasidan surushtiruv ishlarini olib borish kabi vazifalar ham yuklatilgan. Shu sababli xodim xizmat xonasida ma'lum muddat bo'lmasligi mumkin. Bundan tashqari jarima maydoniga vaqtincha saqlash uchun YPX xodimlari tomonidan keltirilgan transport vositalari jarima maydonidan hududiy tuman IIB YHXB ma'muriy amaliyot inspektorlari tomonidan ma'muriy ishlar ko'rib chiqilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi IIVning 2011 yil 31-may kunidagi 68-sonli buyrug'i talablari asosida ruxsatnoma berilib, chiqarishga ruxsat beriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25-maydagi "qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to'xtash joylariga olib kelish uchun ushlangan transport vositalarini to'xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish to'g'risida" gi 149 - sonli qarorida "jarima maydonlarining sharoitlari va imkoniyatlari, transport vositasi to'xtash joyiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun transport vositalarini to'xtash joyiga olib kelish va saqlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxslar javob beradilar."-deb belgilanganini ham inobatga olinishini, hozirgi og'ir sharoitda tun-u kun tinim bilmay xizmat qilayotgan hodimlarni keng jamoatchilikga asossiz va nosamimiy ma'lumotlar tarqatish orqali obro'sizlantirish ham huquqbuzarlik ekanligini inobatga olib, bu kabi muammolarga duch kelganingizda YHX boshqarmasi, IIB yoki bundan yuqori turuvchi organlarga fuqarolar tomonidan arizalar orqali murojaat qilish huquqi borligini ham eslatib o'tmoqchimiz.
Hozirda hodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo'lib, xizmat tekshiruvi yakuni bilan to'liqroq ma'lumot taqdim etilishi ma'lum qilinadi.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Text to speech