18 Aprel 2021 yil 1646

"16-aprel kuni Termiz shahrining "Xan-Sulton" restoranida ommaviy mushtlashuv bo'lib o'tgan. Mijoz sifatida kelgan boshqa bir tadbirkor Termiz shahrida joylashgan "Afruz" to'yxonasi rahbari janjal ko'targan. Natijada restoran xodimlari hamda tadbirkorning qayinukasi va do'stlari o'rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo'lganligi" haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yozuv yuzasidan rasmiy munosabat:

2021 yilning 16 aprel kuni taxminan soat 19:10 lar chamasida Termiz shahar "Majnuntol" mahallasida yashovchi fuqaro N.N, oila a'zolari bilan birgalikda "Xan Sultan" restoranining xovli qismida joylashgan stolga ovqatlanish uchun kelib o'tirishadi. Ularga xizmat ko'rsatgan restoran ofisianti Z.N. buyurtmalarni birin ketin olib kelib, ularga xizmat ko'rsatadi.
Oradan biroz vaqt o'tib fuqaro N.N. oila a'zolari bilan o'tirgan stolga N.N.ning do'sti M.B. ham kelib o'tiradi. N.N. yana qo'shimcha buyurtma beradi. N.N. tomonidan qilingan buyurmalar kechikaverganligi sababli ofisiant bilan o'rtasida o'zaro tortishuv kelib chiqadi.
Shu payt restoran ish boshqaruvchisi Z.T. kassa oldidagi o'rnidan turib kelib, mijoz N.N.ga janjal qilmasligini va undan tinchlanishini, "ro'za" oyida o'zaro hurmatda bo'lishlikni so'ragan vaqtda mijoz N.N. uning gapiga javoban baqirib, o'zaro hurmatda bo'lmasligini aytganidan so'ng N.Nazarov va restoran ishchilari o'rtasida janjal kelib chiqadi. Janjal vaqtida mijoz N.N. qo'li bilan Z.T.ning yuz sohasiga bir marta uradi. Shundan so'ng N.N. qayniukasi A.T. ham janjalga aralashib Z.T.ning yuz sohasiga qo'li bilan ikki marta urib tan jarohati etkazgan. Janjal vaqtida A.T.ni tinchlantirmoqchi bo'lgan restoran ishchilari F.J. va N.A.larga faol qarshilik ko'rsatib ularni ham urib-do'pposlab tan jarohati etkazadi.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 17 aprel kuni Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Jinoyat ishi tergov harakatlari davomida, "Xan-Sulton" restorani ishchilari va hodisaning boshqa ishtirokchilarining harakatlariga ham qonuniy baho berilishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech